Ten Xag va uning murabbiylar shtabi iste'fosi MYUga 14,5 mln funtga tushgan

Alisher
19 fev 2025, 17:52
Erik ten Xagning iste'fosi MYUga 14 mln funtdan oshiq pulga tushgan.

Jurnalist Rob Xarris "Manchester Yunayted"ning moliyaviy hisobotlariga tayanib, ten Xag va uning murabbiylar shtabining ketishi bilan bog'liq harajatlar 14,5 mln funtni tashkil etganini xabar qildi. Ushbu summa klubning 2024 yil 31 dekabrda yakunlangan ikkinchi chorak uchun hisobotida aks ettirilgan.

Ten Xag o'tgan yilning 28 oktyabrida MYUdan iste'foga chiqarildi. Niderlandiyalik mutaxassis klubda 2022 yilning yozidan beri ishlayotgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: x.com/RobHarris