

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduni "Sherif"ga qarshi o'yindagi harakatlari haqida gapirdi.
"Ronuldning o'yin davomida juda ko'p vaziyatlarda omadi kelmadi. Ammo u oldinga o'tishda davom etdi. U taslim bo'lmadi. Oxirida esa o'ziga kerakli narsaga erishdi va gol urdi. Mana Ronalduning butun faoliyatidagi muvaffaqiyatlarining kaliti nimada", -deydi Erik ten Xag.
Ma'lumot uchun, kecha MYU Yevropa Ligasi beshinchi turida "Sherif"ga qarshi maydonga chiqib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Ushbu o'yinda Krishtianu Ronaldu gol urishga erishdi.



