Ten Xag: "Reshford menga o'yinchi sifatida yoqadi. Uni "Manchester Yunayted"da ko'rishni xohlashimni biladi"

Alisher
13 avg 2022, 16:54
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Markus Reshfordning kelajagi haqida gapirdi.

Angliyalikning xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda.

"Markus menga o'yinchi sifatida yoqishini biladi. U jamoada ko'rishni xohlashim haqida xabardor qilindi va buni yana bir bor aytaman.

O'tgan o'yinda unda gol urish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgan edi. U kerakli vaqtda kerakli joyda edi. Uning gol urishiga ishonchim komil", - deydi ten Xag.

Markus Reshfordning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun