Ten Xag navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Khoja
16 may 2024
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Erik ten Xag Nyukasl mag'lub etilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Har qanday uchrashuvda g'alaba qozonish yoqimli. Old Trafforddagi so'nggi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz juda muhim edi. Muxlislar bunga haqli edilar, ular biz bilan qiyin davrni boshdan o'tkazdilar. Biz doim birgamiz.

O'yin juda yaxshi o'tdi, biz ajoyib gollar urdik, jamoaviy o'yin ham o'z o'rnida. Yosh o'yinchilarning ishtiyoqidan xursandman. Raqibimizning jismoniy holati ajoyib edi, biz shunga qaramay, bahsda g'alaba qozonishga erishdik, - deb fikr bildirdi Erik ten Xag.


KhojaMuallif
Manba: championat.com