Ten Xag "Manchester Yunayted"da Ronaldu bilan bo'lgan mojaro haqidagi savolga javob berdi

Khoja
10 avg 2025, 08:56
Ayni vaqtda "Bayer"ni boshqarayotgan Erik Ten Xag "Manchester Yunayted"da Ronaldu bilan bo'lgan mojaro haqidagi savolga javob berdi.

"Men uchun Ronaldu muammo bo'lmagan. U hech qachon bizga muammo bo'lmagan va hozida barchasi ortda qoldi. Bo'lib o'tgan voqealardan so'ng biz ikkita sovringa ega chiqdi. Demak biz uchun barchasi to'g'ri bo'lgan. Men unga barcha yaxshi tilaklarni tilab qolaman. Uning kelajakdagi faoliyatiga omad tilayman", - deb fikr bildirgan ten Xag.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"daligida intervyu berib, klubdagi professionallik yo'qligidan shikoyat qilgan va bosh murabbiyni tanqid qilgandi. Shundan so'ng portugaliyalik futbolchi klubni tark etib, "Al Nassr"ga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru