Ten Xag "Manchester Yunayted" bilan shartnoma muddatini uzaytirishga yaqin

Оқил Абдубарноев
28 iyun 2024, 01:48
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda The Athletic sahifalarida chop etilgan materialda aytib o'tilgan.

Hozirda "qizil iblislar" murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar muhokama qilinmoqda.

2023/2024 yilgi mavsum oxirida jamoa Premer-ligada sakkizinchi o'rinni egallaganidan so'ng, Ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan bo'shatilishi kutilgandi. Biroq klub rahbarlari niderlandiyalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishdi.

O'tgan mavsum Angliya kubogini qo'lga kiritgan "Manchester Yunayted" kelasi mavsum Yevropa ligasida mamlakat sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic