

"Birdaniga "Chelsi", "Nyukasl" va "Tottenxem" bilan kurashishimiz kerak. Hozir YCHL uchun raqobat juda katta. Keyingi mavsum uchun asosiy maqsad - YCHLda qatnashish. Bu aslida doimiy maqsad bo'lishi kerak. Agarda bunga erisha olsak, mavsumni yaxshi o'tkazdik deyishim mumkin", - dedi mutaxassis.
Ayni damda "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida "Nyukasl" bilan birga 3-o'rinni bo'lishib turibdi.



