

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag qishki transferlar vaqtida yangi o'yinchilar uchun kamida 70 million funt oladi. Agar Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar" safini tark etsa, bu miqdor oshishi mumkin. "Manchester Yunayted" faqat portugaliyalikning maoshidan haftasiga 450 ming funt tejaydi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda mankunianlar yangi futbolchilar uchun 240 mln sarf etishgan. "Yunayted" uchun eng qimmatga tushgan futbolchilar – Antoni (95 million), Kazemiro (70 million) va Lisandro Martines (57 million).



