Ten Hag Reshfordga ishonadi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023, 12:35
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag hujumchi Markus Reshfordni himoya qildi.

"Hamma uning qanday mahoratga ega ekanligini biladi. Qiyinchiliklar bor, lekin Markusni maydonning kerakli joyiga va to'g'ri poziciyaga joylashtirsak, u barcha to'siqlarni engib o'ta oladi.

"Manchester Yunayted"dagi hamma Markusni qo'llab-quvvatlaydi. Jamoa unga ishonadi va qo'llab boradi. Ishonchim komilki, jamoaning ishonchi bilan Markus o'zgaradi.

Hujumchi vaziyatni o'zgartirishi uchun bitta to'p kiritib olish kerak bo'ladi. Va bu gol albatta uriladi", – dedi ten Hag.

Eslatib o'tamiz, Markus Reshford joriy mavsum 9 ta o'yinda 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports