Ten Hag evrokuboklar haqida: "Bu kabi bahslar doim muhim sanalgan. "Sosedad"ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz"

Sherzod Nurmatov
8 sen 2022, 19:36
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag Yevropa Ligasi guruh bosqichi doirasida bo'lib o'tuvchi "Real Sosedad"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu guruh bosqichining starti hisoblanadi. Biz ushbu turnirdagi har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni xohlaymiz. Aynan shunday mentalitet hozir bizga zarur. Guruhdan chiqish uchun kamida 2-o'rinni egallash kerak. Shunday ekan, ilk o'yindagi g'alaba juda ham muhim.

Menga evrokuboklar yoqadimi? Bu o'yinlar har doim o'zgacha bo'lib kelgan. Turli mamlakatlarning turli xil uslub va tizimga ega yaxshi klublari bilan raqobatlashish yoqimli. Men buni intiqlik bilan kutyapman.

Ketma-ket 4 g'alabaga kelsak, biz rivojlanmoqdamiz, u uchrashuvlar o'tib bo'ldi, endi esa bor e'tiborimizni kelgusi o'yinlarga qaratishimiz kerak. Va biz bu uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" – "Real Sosedad" bahsi 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com