Temurxo'ja Abduxoliqov: "Juda muhim g'alabaga erishdik"

Narzulla Saydullayev
13 may 2016
"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi, ayniqsa ikkinchi bo'lim. Juda muhim uchrashuvda g'alabaga erishdik. "Paxtakor" O'zbek futbolining grandi hisoblanadi. O'ylashimcha keyingi bahslarda ham g'alaba qozonishda davom etamiz.

Ikkinchi bo'limda hisobga qarab o'ynadik. Oldinda borganimiz uchun ko'proq himoyalandik, "Paxtakor" esa gol urishga harakat qildi. Ikkinchi taymda qiynaldik, ammo g'alabani saqlab qoldik, - deydi Abduxoliqov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia