

- Temurxo'ja, bugungi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?
- O'yinni o'zingiz ko'rdingiz, bazi vaziyatlar o'ta tushunarsiz bo'ldi. Hamma jamoada ham shunaqa holatlar bo'lib turadi. "Andijon"ni tabriklayman.
- "Andijon" o'z tarixida "Bunyodkor"ni ilk bor mag'lubiyatga uchratdi, buni bilarmidingiz?
- Ha, hozir shunaqa deb aytishdi. "Andijon" ilk bor "Bunyodkor"ni yutibdi. Har qanday seriya ham qachondir tugaydi.
- Stadiondagi muhit jamoangiz o'yiniga salbiy ta’sir o'tkazdi deb o'ylaysizmi?
- Futbol muxlislar bilan qiziq. Bugun "Andijon" muxlislari yaxshi muhit yaratib berishdi. Muxlislar "Andijon"ning g'alabasiga hissa qo'shgan bo'lishi mumkin, lekin biz mag'lubiyatni bunga bog'lamoqchi emasmiz.
Nodirbek Abdullaev yozib oldi



