Temur Olimxo'jaev iste'foga chiqarildi, uning o'rniga Mochinov kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 13:31
1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev o'z vazifasidan ozod etildi.
Bunga nima sabab bo'lgani hozircha ma'lum emas. Ma'lumot uchun, yaqinda o'smirlarimiz Kaspiy Kubogi turnirida ishtirok etib 8-o'rinni band etishgandi.

Uning o'rniga eng asosiy nomzodlardan biri sifatida Aleksandr Mochinov nomzodi ko'rilmoqda. Yaqinda "Oq-tepa"dan ketgan murabbiy hozircha hech bir jamoada ishlamayapti. Olingan xabarlarga ko'ra, kecha Mochinov o'zi haqidagi ma'lumotlarni O'FFga topshirgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etadi.

Qur'a natijalariga ko'ra, o'smirlarimiz musobaqaning S guruhida Kuvayt, Nepal va KXDR o'smirlariga qarshi maydonga tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia