Temur Kapadze: "Aktobe" uchun uchala musobaqa ham muhim"

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 12:37
"Aktobe" - "Gandzasar" uchrashuvidan so'ng o'yin qahramoni Temur Kapadze qozog'istonlik hamkasblarimizga intervyu berdi.
- Temur, g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugun ham dublga erishdingiz...
- Rahmat. Bu yil ikkichni dublni qayd etdim. Ammo eng muhimi g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdik. Raqib kuchli edi, biz muxlislarga g'alaba taqdim etishga urindik va bunga erishdik.

- O'yin qiyin o'tdi, to'g'rimi?

- Ha, albatta. Aytganimdek raqib kuchli edi. Bundan tashqari bizda charchoq alomatlari sezildi.

- Uch kundan so'ng "Tobol" bilan o'yin bor.

- Har uch kunda o'ynashga deyarli ko'nikib ketayapmiz. Chempionatda maksimal ochko to'plashimiz kerak. Kuchli oltilikda bu as qotadi.

- Jamoa uchun Qaysi chempionat muhim - Qozog'iston chempionati, Qozog'iston kubogi yoki Yevropa ligasi?

- Menimcha barchasi. O'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqada imkon qadar uzoqroqqa borish va g'olib chiqishga urinamiz.

- Yevropa ligasidagi navbatdagi raqib haqida nima bilasiz?

- To'g'risini aytsam hech nima bilmayman. Sababi ayni paytga qadar bizni hayolimizda mana shu raqib to'sig'idan qanday o'tib olish bo'ldi. Mana endi ertadan keyingi raqibni o'rganishni boshlaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia