Temur Hakimov "Paxtakor"ga qaytdi va boshqa o'zgarishlar haqida

Narzulla Saydullayev
6 avg 2013, 08:26
Ikkinchi davra arafasida "Paxtakor" tarkibida o'zgarishlar yuzaga keldi.
Suyunov va O'runovlardan so'ng jamoani yana uch nafar futbolchi tark etdi. Ildar Mamatkazin va Sanat Shixov "Dinamo"ga ijarga berildi. Iqtidorli hujumchi Sergey Rekun esa "Guliston" safida ikkinchi davra bahslarini o'tkazadigan bo'ldi. Birinchi davrani "Qizilqum"da o'tkazgan Azamat Abdullaev va Farruh Shotursunov esa yil oxirigacha Ravshan Haydarov qo'l ostida o'ynashda davom etishadi, faqat endi "Dinamo" tarkibida.

Ikkinchi davra uchun "Paxtakor" safiga Anvar Rajabov, Temur Hakimov va Sherzod Karimov ro'yxatdan o'tkazildi. Hakimov "Andijon"dan ijaradan qaytdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz