

- "Navbahor"ga qarshi o'yinda asosiy maqsadimiz uyga ochko bilan qaytish edi. Biz buni uddaladik. Jizzaxga uch ochko bilan qaytishimiz mumkin edi, ammo o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, bir kishi kam bo'lib qolganimizdan so'ng e'tiborimizni ko'proq himoyaga qaratdik.
Barcha jamoa xoh safarda, xoh uyida maydonga faqat g'alaba uchun chiqadi. Shu jumladan biz ham "Navbahor" bilan uchrashuvda g'alaba uchun o'ynagandik. Menga raqibning o'yini yoqdi. Ular o'z maydonida hujumkor ruhda harakat qilishdi, lekin fikrimcha, bahs bir tomonning yaqqol ustunligida o'tgani yo'q.
Furqatbek Nishonov


