Temmi Abraxam ispan grandiga o'tishi mumkin

Alisher
8 okt 2019, 11:25
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Xabar berilishicha, "Real" 22 yoshli futbolchini sotib olmoqchi. "Qaymoqranglilar" Keyndan ko'ra arzonroq bo'lgan futbolchi bilan hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilishgan.

Oldinroq, "Real" qiziqayotgani aytilayotgan Xarri Keyn Abraxamdan ancha qimmat.

Qayd etish kerakki, "shporlar" Keynning narxini 178 million funt etib belgilaganlaridan so'ng, "Real" bor e'tiborini Temmiga qaratgan.

Abraxam joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca