Tedesko Belgiya terma jamoasi murabbiyligiga nomzod sifatida ko'rilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023, 21:00
Domeniko Tedesko Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Belgiya Qirollik Futbol Assosiciyasi ishchi guruhi terma jamoaga yangi murabbiy izlash ishini davom ettirib, 37 yoshli mutaxassisga e'tibor qaratdi.

"Leyptsig"ning sobiq bosh murabbiyi assotsiatsiya tomonidan ilgari surilgan bir qancha mezonlarga javob beradi. U ma'lumotlar va taktikaga katta e'tibor qaratadigan murabbiylardan sanaladi. U Belgiya termasiga ishlashga taklif qilinmoqda.

Domenikoning oxirgi ish joyi "Leyptsig" bo'ldi. Sentyabr oyida klub uni bosh murabbiy lavozimidan ozod qilgan edi. 

Belgiya Qirollik Futbol Assosiciyasi kelasi haftada terma jamoaga yangi murabbiy tayinlashga umid qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: HLN