

Musobaqaning 6-guruhidan joy olgan jamoalar bugun navbatdagi ikkinchi bosqich 6- tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Kecha yosh ”mashal”chilar o'z maydonlarida Kosonning “Alanga” jamoasi tayyorlov guruhlarini qabul qilishdi.
1999-2000 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi “Mashal”-“Alanga” uchrashuvida jamoalar ochiq futbol namoyish etishdi va bahs kichik 0:1 hisobida yakun topdi.
Kecha shuningdek 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ikrem Repatov shogirdlari bo'lgan muboraklik yosh futbolchilar o'zlarining raqiblari bo'lmish Kosonning “Alanga-2002” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.



