Tayson Fyuri: “Ronaldusiz ikkinchi bo'lgandik, u bilan esa APLni 6-o'rinda tugatdik”

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2022, 09:40
Britaniyalik taniqli bokschi Tayson Fyuri Krishtianu Ronalduning MYUga o'tganiga munosabat bildirdi.

Fyuri “qizil iblislar”ning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

“Yaxshi xabar shuki, Ronaldu qoladi, ammo boshqa masala bor: o'tgan yil u bu yerda bo'lmaganida “Manchester Yunayted” APLda 2-o'rinni egalladi, keyin esa Ronaldu qaytdi hamda chempionatni oltinchi bo'lib yakunladik.

Ko'pchilik: “Agar u 20 ta gol urmaganida, yakunlangan mavsumni bundan yomonroq tugatardik”, deyishmoqda, lekin undan oldingi mavsumda bunday bo'lmagandi va biz ancha yuqori natija ko'rsatgandik. Agar sizda Ronaldu kabi super yulduz bo'lsa, barcha uning gollariga urg'u beradi, agar u bo'lmaganda, futbolchilarning o'zlari gol urishgan bo'lardi. Ronaldu tufayli pasayish bo'ldi deb aytmoqchimasman, u qoyilmaqom o'yinchi, ammo yosh iqtidorlar yulduz futbolchining soyasida qolib ketmoqda, ularda o'zini ko'rsatish uchun imkon bo'lmayapti, chunki “buyuk Ronaldu” maydonda harakat qilmoqda”, deydi Fyuri.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror