Taxminlar. "Bunyodkor" yetakchisi "Real"dan yirik g'alaba kutyapti. Siz qanday fikrdasiz?

18 iyun 2020, 14:34
Bugungi kunning markaziy uchrashuvi Madridda, "Alfredo Di Stefano" o'yingohida o'tkaziladi.

Ispaniya chempionati musobaqa jadvalining 8-pog'onasini band qilib turgan "Valensiya" "qirollik klubi" mehmoni bo'ladi. Toshkentning "Bunyodkor" klubi futbolchisi Lutfulla To'raevning ushbu o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Tajribali yarim himoyachi "Real Madrid"ning Albert Selades shogirdlari bilan o'yinda mutloq ustunlik qilishi, yakunda "qaymoqranglilar" yirik hisobda g'alaba qozonishini taxmin qildi.

Lutfulla To'raevning bugungi o'yin uchun taxmini: "Real Madrid" 3:0 "Valensiya". 

Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz? Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladigan bahsda kimning qo'li baland kelishini kutyapsiz?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia