

Biz ushbu musobaqani yanada qiziqarliroq qilish maqsadida 11 nafar futbolchi o'rtasida taxminiy Evro-2016 loyihasini ishga tushirishga qaror qildik.
O'zbekistonlik 11 nafar futbolchi har bir uchrashuvga o'zining taxminiy hisobini beradi. Ballar quyidagi tartibda baholanadi:
Aniq topilgan hisob - 3 ball
Aniq topilgan to'plar farqi - 2 ball
G'olib jamoa topilgan - 1 ball
Shu orqali eng ko'p ball to'plagan futbolchi loyiha g'olibi deb topiladi. Kecha eng ko'p ballni Rustamjon Ashurmatov va Zabihillo O'rinboev to'pladi. Ashurmatov Shveytsariya - Polsha uchrashuvida 1:1 bo'lishini, Portugaliya va Uels g'olib bo'lishini to'g'ri topdi. O'rinboev esa barcha Polsha o'yinida durang bo'lishini va qolgan ikki o'yinda g'olib jamoani topgan.
Ikrom Aliboev ham Shveytsariya - Polsha uchrashuvi hisobni topgan. Barcha ishtirokchilar Uels yutishini taxmin qilishgan, ular orasida Akromjon Komilov, Otabek Shukurov va Javohir Sidiqov natijani aniq topishgan.
Dostonbek Hamdamov Portugaliyaning 1:0 hisobida yutishini taxmin qilgandi. Eldor Shomurodov va Doston Tursunov ham Portugaliyaning g'alabasini taxmin qilishgan.
Bugungi o'yinlar uchun taxminlar:
| Futbolchi | Fransiya - Irlandiya | Germaniya - Slovakiya | Vengriya - Belgiya |
| Ikrom Aliboev | 2-0 | 1-2 | 1-2 |
| Rustamjon Ashurmatov | 2-0 | 2-0 | 0-2 |
| Akromjon Komilov | 3-0 | 2-0 | 0-1 |
| Javohir Sidiqov | 2-1 | 2-1 | 0-2 |
| Doston Tursunov | 2-0 | 2-0 | 0-1 |
| Zabihillo O'rinboev | 2-0 | 2-1 | 0-2 |
| Dostonbek Hamdamov | 2-0 | 2-1 | 0-1 |
| Dilshod Hamroev | 2-0 | 1-0 | 1-2 |
| Eldor Shomurodov | 1-0 | 2-0 | 1-2 |
| Otabek Shukurov | 2-0 | 2-0 | 0-1 |
| Sarvar Karimov | 2-0 | 3-0 | 1-3 |
Bugungi kundagi vaziyat
| Eldor Shomurodov | 36 |
| Dostonbek Hamdamov | 36 |
| Javohir Sidiqov | 35 |
| Doston Tursunov | 34 |
| Zabihillo O'rinboev | 34 |
| Dilshod Hamroev | 32 |
| Otabek Shukurov | 31 |
| Rustamjon Ashurmatov | 31 |
| Ikrom Aliboev | 27 |
| Akromjon Komilov | 23 |
| Sarvar Karimov | 19 |
Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu erda >>>> TANLOV



