"Tashkent Cup" musobaqasida "Sergeli" g'olib bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
22 fev 2020
Bugun poytaxtimizdagi TTYMI stadionida Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Tashkent Cup" musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hal qiluvchi bahsda Toshkent futbol akademiyasi hamda "Sergeli" jamoalari to'qnash kelishdi. Qizg'in kechgan bahs yakuniga ko'ra "Sergeli" 2:1 hisobida g'alaba qozondi va musobaqa g'olibiga aylandi. 

Uchrashuvda g'alaba qozongan "Sergeli" jamoasi vakillariga Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan maxsus kubok va 5 million so'mlik pul sertifikati topshirildi. Finalchi "TFA" jamoasi esa 3 million so'm bilan taqdirlandi.

E'tiboringizga uchrashuvdan va taqdirlash marosimidan suratlarni havola qilamiz. 

 

 

 



 

 


 


 



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar