Tasdiqlandi! Mustafi sotilishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 avg 2019
"Arsenal" futbolchisi Shkodran Mustafining agenti va otasi Kuytim Mustafining aytishiga ko'ra, o'g'li tez orada jamoasini almashtirishi mumkin.

Uning transfer narxi esa 27 million evroga baholanmoqda.

"Shkodranning boshqa klubga o'tish ehtimoli bor. Uning transfer summasi esa bozor sharoitiga mos bo'ladi", - dedi Kuytim.

Ayni damda uning xizmatlariga "Roma" va "Monako" tomonidan qiziqishlar bor.

27 yoshli Mustafi 2016 yildan buyon "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 115 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia