Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari. Nesterov, Tursunov ikkita o'yinga chetlatildi. Navbahor vice-prezidenti jarima to'laydi

Nozimov Nig'monxo'ja
20 dek 2023, 16:00
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga
Navbahor lochinlari - Neftchi

Superliganing 26-turi doirasidagi Navbahor lochinlari - Neftchi uchrashuvining 78-daqiqasida Navbahor lochinlari futbol klubi futbolchisi I.Nesterov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga chiqqanligi hamda tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ignatiy Nesterovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Navbahor lochinlari - Neftchi

Superliganing 26-turi doirasidagi Navbahor lochinlari - Neftchi uchrashuvi davomida Navbahor lochinlari futbol klubi vice prezidenti O.Samatov texnik zona hamda maydonga chiqib, provakacion harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Otabek Samatovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK - Nasaf

Superliganing 26-turi doirasidagi OKMK - Nasaf uchrashuvining 83-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi S.Tursunov raqib o'yinchisining yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sanjar Tursunovga (OKMK) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliganing 25-turi doirasidagi Turon - Andijon uchrashuvining 37-daqiqasida Turon futbol klubi futbolchisi A.Aysarov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Aysarovga (Turon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK - Turon

Superliganing 24-turi doirasidagi OKMK - Turon uchrashuvi yakunlangandan so'ng, Turon futbol klubi shifokori A.Sotiboldiev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Adhamjon Sotiboldievga (Turon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Olimpik - Navbahor lochinlari

Superliganing 25-turi doirasidagi Olimpik - Navbahor lochinlari uchrashuvining 90+8-daqiqasida Navbahor lochinlari futbol klubi futbolchisi L.Chermel to'p uchun kurashish vaqtida qo'lining tirsagi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Luka Chermelga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Turon - Andijon

Superliganing 25-turi doirasidagi Turon - Andijon uchrashuvi yakunlangandan so'ng Turon futbol klubining bosh murabbiyi Y.Nazarov o'yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto'g'ri ma'lumotlar bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Yorqin Nazarovga (Turon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga va Pro liga reglamentining 10.18-bandida Superliga klubi musobaqada futbolchining funkcional holatini masofadan turib manitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanish hamda bu boradagi xisobotni O'FA uchun taqdim etishi kerakligi belgilangan. Aniqlanishicha, 2023 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etgan Andijon, Navbahor Lochinlari, Bunyodkor, Metallurg, Buxoro, Neftchi futbol klublari mazkur moslamani xarid qilgan bo'lsada, belgilangan hisobotni O'FAga taqdim etmagan. Shuningdek, OKMK va Nasaf futbol klublari ushbu moslamani xarid qilmagan va belgilangan talabni umuman bajarmagan. O'FA Intizom kodeksining 5.22-bandiga asosan reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llash belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Andijon, Navbahor Lochinlari, Bunyodkor, Metallurg, Buxoro va Neftchi OKMK va Nasaf futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Pro-liga
Mashal - Sho'rtan

Superligaga o'tish o'yini doirasidagi Mashal - Sho'rtan uchrashuvining 71-daqiqasida Mashal futbol klubi futbolchisi S.Sindarov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sobit Sindarovga (Mashal) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchilik Kubogi
Olimpik farm - Do'stlik Toshkent

Birinchilik Kubogining 6-turi doirasidagi Olimpik farm - Do'stlik Toshkent uchrashuvining 33-daqiqasida Do'stlik Toshkent jamoasi futbolchisi A.Rahimov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdulaziz Rahimovga (Do'stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Cementchi - Nasaf farm

Birinchilik Kubogining 6-turi doirasidagi Cementchi - Nasaf farm uchrashuvining 90+1-daqiqasida Nasaf farm jamoasi futbolchisi J.Ne'matov yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jahongir Ne'matovga (Nasaf farm) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionati
Navbahor U21 - Bunyodkor U21

U21 chempionatining 24-turi doirasidagi Navbahor U21 - Bunyodkor U21 uchrashuvining 38-daqiqasida hamda uchrashuv yakunlangandan so'ng Navbahor U21 jamoasi murabbiyi X.Rizaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Hasan Rizaevga (Navbahor U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Metallurg U21 - Olimpik U21

U21 chempionatining 26-turi doirasidagi Metallurg U21 - Olimpik U21 uchrashuvining 89-daqiqasida Olimpik U21 jamoasi futbolchisi A.Odilov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Alisher Odilovga (Olimpik U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Olimpik U21 - Navbahor U21

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi Olimpik U21 - Navbahor U21 uchrashuvining 78-daqiqasida Navbahor U21 jamoasi futbolchisi M. Abdullaev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muxammadqodir Abdullaevga (Navbahor U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Neftchi U21 - Qizilqum U21

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi Neftchi U21 - Qizilqum U21 uchrashuvi yakunlangandan so'ng Neftchi U21 jamoasi murabbiyi A.Alijonov yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aziz Alijonovga (Neftchi U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Bunyodkor U21 - Metallurg U21

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi Bunyodkor U21 - Metallurg U21 uchrashuvining 58-daqiqasida Metallurg U21 jamoasi futbolchisi B. Abdullaev boshi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani hamda Bunyodkor U21 jamoasi futbolchisi A. Foziljonov unga javoban B.Abdullaevni bo'yin qismidan bo'g'ganligi va bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Behruz Abdullaevga (Metallurg U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Bunyodkor U21 - Metallurg U21

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi Bunyodkor U21 - Metallurg U21 uchrashuvining 58-daqiqasida Metallurg U21 jamoasi futbolchisi B. Abdullaev boshi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani hamda Bunyodkor U21 jamoasi futbolchisi A. Foziljonov unga javoban B.Abdullaevni bo'yin qismidan bo'g'ganligi va bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdufattox Foziljonovga (Bunyodkor U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Surxon U21 - Olimpik U21

U21 chempionatining 21-turi doirasidagi Surxon U21 - Olimpik U21 uchrashuvining 89-daqiqasida Surxon U21 jamoasi futbolchisi A.Eshqobilov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azizbek Eshqobilovga (Surxon U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Futzal Oliy ligasi
Metallurg - Maksam Chirchiq

Futzal Oliy ligasi 4-turi doirasidagi Metallurg - Maksam Chirchiq uchrashuvining 35-daqiqasida Metallurg jamoasi futbolchisi I.Bituraev qo'l qismi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Islom Bituraevga (Metallurg futzal) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo'lishga chaqiramiz. Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: UFA