Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari. Ikki nafar darvozabon jazolandi

Tolibjon Qosimov
26 iyul 2018, 15:34
Tartib-intizom Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Superliga

"Qo'qon-1912" – AGMK uchrashuvida hakam shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK jamoasi darvozaboni Pavel Matyash 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 3 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

"Neftchi" – "Qizilqum" uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan "Qizilqum" darvozaboni Evgeniy Cheremisin 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 3 million so'm miqdorida jarima belgilandi.



Yoshlar Ligasi

"Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvida hakam shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan "Navbahor" futbolchisi Muzaffar Abdullaev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

"Qizilqum" – "Paxtakor" uchrashuvida raqib futbolchisi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan "Qizilqum" jamoasi a'zosi Suhrob Yarashev 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

"Qizilqum" – "Paxtakor" uchrashuvida raqib futbolchisi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan "Paxtakor" o'yinchisi Doston Ibragimov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 1 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

"Qizilqum" – "Paxtakor" uchrashuvida hakamlar harakatlariga bir necha bor aralashishga uringan "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, unga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko'rilishi belgilab qo'yildi.

"Metallurg" – "Bunyodkor" uchrashuvida yordamchi hakam shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan "Bunyodkor" futbolchisi Eldor Adhamov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz