Tarkovski "Lester"ga o'tishi mumkin

"Byornli" himoyachisi Jeyms Tarkovski "Lester Siti" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beryapti Mirror.

"Tulkilar" 27 yoshli angliyalik futbolchi bilan mudofaa markazida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf qilishni maqsad qilgan. O'z navbatida "Byornli" Tarkovskini 50 million funt sterling evaziga qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Shuningdek, himoyachining xizmatlariga Londonning "Kristal Pelas" klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

U "Byornli" safiga 2016 yilda "Brentford"dan kelib qo'shilgandi.


Manba: Mirror