Tarixdan iqtibos: "Ceni to'g'ri kasalxonaga jo'nataman"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2020
Futbol uchrashuvlarisiz futbol olami ancha zerikarli bo'lib qoldi.

"Championat.asia" xodimlari o'quvchilarni uyda zerikib qolmasliklariga oz bo'lsa-da o'z hissasini qo'shish maqsadida bir qancha yangi ruknlarga qo'l urib kelishmoqda. "Tarixdan iqtibos" ruknida futbol olamida aytilgan eng sara iqtiboslarni berib boramiz.

Yangi rukn. Tarixdan iqtibos: "Manchester Yunayted"ga bo'sh chek yuborganmiz"

Demak, bugungi fikr sobiq yarim himoyachi Klod Makelelega tegishli. U bir paytlar "Barselona" afsonasi Ronaldinyo bilan bog'liq kichik tarixni yodga olib o'tgandi.

"Bir vaziyatda (bu YCHL doirasida "Chelsi" - "Barselona" uchrashuvida sodir bo'lgan) men Ronaldinyoning oldiga borib shunday dedim: "Sen menga qarshi odatiy fintlarni ishlatishingni xohlayman. Agar "Play Station"dagi kabi harakatlarni amalga oshirishni boshlasang, men seni to'g'ri kasalxonaga jo'nataman...

U bunga javoban nima qilganini bilasizmi? Engashib to'pni oldi va uni menga berib shunday dedi: "Kechir meni, qariya”.


Bu o'yin 2006 yilning 22 fevralida bo'lib o'tgan. O'shanda "ko'k-anorranglilar" Londondan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. Javob bahsida esa aynan Ronaldinyoning 78-daqiqada kiritgan goliga 90-daqiqada Lempard penaltidan javob qaytargan. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Barselona" YCHLning chorak finaliga yo'l olgan. Yakunda esa Frank Raykard shogirdlari finalda "Arsenal"ni 2:1 hisobida mag'lub etib 1992 yildan keyingi ilk YCHL kubogini boshlari uzra baland ko'tarishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia