Tanishing: "Lokomotiv"ning yangi a'zosi - estradamiz yulduzi Nilufar Usmonova!

Narzulla Saydullayev
2 apr 2017, 11:01
Aziz futbol ishqibozlari. Biroz oldin xabar berganimizdek, bugundan “Lokomotiv” jamoasi a'zolari soni yana bir nafarga ortdi.

Bilasiz, klub brendini yanada ommalashtirish borasida “Lokomotiv”ning ahil jamoasi samarali faoliyat olib bormoqda. Natijada, “temiryo'lchilar” jamoasiga muxlislik qiladigan auditoriya borgan sayin ortib bormoqda.

Bugundan “Lokomotiv”ning ishqibozlari soni sanatsevarlar hisobiga yanada ortsa ajab emas. Zero biroz avval o'zbek estradasining yorqin yulduzi – Nilufar Usmonova “Lokomotiv” bilan transfer kelishuviga erishdi. Klub qarorgohiga tashrif buyurgan elimiz ardog'idagi sanatkor stadion va klub bilan yaqindan tanishgach, unga 21-raqamli futbolka ramziy tarzda topshirildi.

Endilikda “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarda Nilufar Usmonova ham to'p suradi. U mazkur hamkorlikning yo'lga qo'yilganidan mamnun ekanini ta'kidlab, “temiryo'lchilar”ning ushbu mavsumda ham yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonishini ta'kidladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz