

"Raqibni g'alaba bilan tabriklayman, shogirdlarim harakatlaridan qoniqdim. Ikki jamoa ham taktikaga tayanib o'ynadi. Xitoy terma jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan qutlayman.
Hisobda oldinda edik, g'alabani saqlab qolishga urindik, ammo buni eplay olmadik.
Iste'fo? Qarorni federatsiya hal qiladi. Tailand futbol federatsiyasi rahbariyati qarori qolishim yoki ketishimga aniqlik kiritadi" - deydi Sirisak Yodyadtai.



