Tachmurod Agamurodov - "Qizilqum" bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2020
13 iyun sanasidan Superligaga restart berilishidan xabaringiz bor.

Shu kuni Navoiyda "Qizilqum" jamoasi AGMKni qabul qiladi. "Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, navoiyliklarga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Endilikda "Qizilqum"da Tachmurod Agamurodov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, turkmanistonlik mutaxassis o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Samarqandning "Dinamo" jamoasini boshqargandi. "Dinamo" yakunda 24 ochko bilan Superligada so'nggi pog'onani band etgan va Pro-ligaga tushib ketgandi.


Ayni paytda "Qizilqum" jamoasi Superliganing ortda qolgan 3 turida 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan va bor yo'g'i 1 ochko bilan 12-pog'onada turibdi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia