"T-Tim" 0:5 hisobida yutqazdi yoxud muxlislarga tasanno FOTO

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2017, 12:23
Kecha Malayziya Superligasining 2-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

Farhod Tojiev va Dilshod Sharofetdinov to'p tepayotgan "T-Tim" klubi safarda "Paxang" mehmoni bo'lib 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bahs tugagach mehmon jamoa muxlislari yirik hisobda yutqazgan o'z futbolchilariga o'yin uchun minnatdorchilik bildirishdi va ularga tasalli berishdi. O'z navbatida futbolchilar ham safardagi o'yinga kelgan o'z muxlislarini yoniga borib ulardan uzr so'rashdi.


Malayziya Superligasi

"Paxang" - "T-Tim" 5:0

Gollar: Sumare 14, M.Alves 55, 74, Xeo Jae Von 66, B.Dayk 85


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia