Syurprizlarsiz: La Ligada dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi ma'lum

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024, 18:07
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone – La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi.

"Matraschilar" ushbu oyda "Sevilya" (4:3), "Xetafe" (1:0) va "Barselona"ni (2:1) mag'lub etdi. Umuman olganda, "Atletiko" 27 oktyabrdan beri mag'lubiyatga uchramadi va yilni La Liga peshqadami sifatida yakunlaydi.

Simeone joriy mavsum ilk bor ushbu mukofotga sazovor bo'ldi. Argentinalik murabbiy so'rovnomada Diego Martines ("Las-Palmas") va Ernesto Valverdeni ("Atletik") ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: laliga.com