Suso Ispaniyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020
"Valensiya" "Milan" yarim himoyachisi Susoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, Suso "rossoneri"lar rahbariyatiga ushbu transfer borasida so'rov bilan chiqqan. O'z navbatida klub ham 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Ular Susoning transferidan tushgan mablag' evaziga jamoani kuchaytirishmoqchi.

Suso ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 17 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi. Uning xizmatlariga "Roma" va "Xetafe" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Suso bunga qadar Ispaniyaning "Almeriya" jamoasi tarkibida harakat qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca