Rasmiy xabar: "Surxon" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2021
"Surxon" klubi yangi mavsum uchun murabbiy shtabini tasdiqladi. Unga ko'ra yangi mavsumga jamoani Rifat Akramxo'jaev bosh murabbiy sifatida boshqarib boradi.

Rifat Akramxo'jaevga yoshlar bilan ishlash bo'yicha katta tajribaga ega va "Paxtakor"dagi faoliyati orqali muhlislarga yaxshi tanish bo'lgan Rustam Aripov yordam beradi.

Shuningdek, Akramxo'jaevga murabbiylar shtabida Rahmatullo Berdimurodov, Ikromjon Ibragimov, Shuhrat Rahmonqulov va darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo'jaev yaqindan yordam beradi.

Bahromjon Haydarov esa klubda katta murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

Rejaga ko'ra, jamoa ertaga yani 7-yanvar kunidan Toshkentda navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia