"Surxon" stadionidagi yoritish tizimi bilan bog'liq muammo qachon bartaraf etiladi?

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2021, 16:22
Barchangizga ma'lumki, "Surxon" jamoasining uy uchrashuvlari yoritish tizimidagi muammolar sabab ertaroq boshlanayotgandi.

Bunday issiq havoda Termizdagi o'yinlarning 17:00da boshlanayotgani ikki tomon uchun ham noqulayliklarni to'g'dirayotgani rost. Xo'sh, stadiondagi projektor bilan bog'liq muammoga echim topildimi? Ushbu savolga jamoa murabbiyi Bahrom Haydarov javob berib o'tdi. 

"Faqat bizda emas, Qo'qon, Muborak, Andijondagi stadionlarda ham shunday muammolar bor. Hozir yoritish tizimini yaxshilash ustida ish olib borilyapti. Harakat boshlangan. "Philips" kompaniyasi bilan shartnoma tuzilib tez orada talablarga javob beradigan holatga keltiriladi. Stadionimizda qolgan sharoitlar bor",-  deydi Bahrom Haydarov.

Tez orada ushbu murabbiy bilan tashkil qilingan intervyuni e'tiboringizga havola qilamiz. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia