“Surxon”: “Nasaf-2”ga qarshi tayyorgarlikni boshladik"

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2017, 16:32
Birinchi liga vakili “Surxon” jamoasi “Orol” klubiga qarshi o'yindan so'ng murabbiylar tarkibdagi futbolchilarga biroz dam berishga qaror qilishgandi.

Qisqa muddatli tatildan so'ng jamoa a'zolari yana o'z qarorgohlarida yig'ildi. Mashg'ulotlar Termiz shahridagi “Alpomish” stadionida o'tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Surxon” chempionatning 11-turida Qarshining “Nasaf-2” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 25 may kuni bo'lib o'tadi.


"Surxon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia