"Surxon" moddiy qiyinchilik tufayli pulkani tugatmay ham ortga qaytdi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 11:18
Xabaringiz bor, birinchi liganing birinchi bosqichidan so'ng har ikki mintaqada so'nggi to'rt o'rinni egallagan jamoalar Namanganda bo'lib o'tgan pulkada ishtirok etishdi.
Ana shunday jamoalar sirasiga kirgan Surxondaryo viloyatining birinchi ligadagi yagona va bosh jamoasi moddiy qiyinchilik tufayli Namangandan tezda ortga qaytishga majbur bo'ldi.

Bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "G'allakor-Avtomobilchi"ga qarshi uchrashuvdan avval jamoa Toshkentga qarab ortga qaytgan. Jamoa vodiyga 14 ta futbolchi, murabbiy va mamur bilan tashrif buyurdi va moddiy tomondan hatto bir haftaga ham dosh bera olmadi. Shu bois "Surxon" tezlik bilan pulkani tugatmay ortga qaytgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia