"Surxon" "Jirona" sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2022, 20:41
Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati xabar berdi.

PFK "Surxon" o'z safiga yangi futbolchini qo'shib oldi. Klub vice-prezidenti Jahongir Usmonov ma'lumotiga ko'ra, Manel Martines endi "Surxon" safida harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, Martines 1992 yil 25 martda tug'ilgan. Futbolchi bungacha Ispaniyaning turli klublarida harakat qilgan. Shu jumladan, "Jirona" hamda "Mursiya" jamoalarida ham faoliyat yuritgan. Martinesning so'nggi klubi – "Atletiko Baleares".

30 yoshli hujumchi o'tgan mavsum chempionatda 36 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Ispaniya Kubogida esa 3 ta o'yinda 3 ta to'p kiritgan.

Shu o'rinda takidlash kerakki, Martines "Barselona" sobiq futbolchisi Manoloning o'g'li. U markaziy hujumchi ampluasida to'p tepadi. 

"Surxon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати