Suriya qanday tayyorlanmoqda?

Narzulla Saydullayev
17 avg 2016, 17:43
Suriya terma jamoasi raqiblarimiz orasida tayyorgarligi qanday ketayotganini bilish borasida eng katta muammoga aylangan.
25 iyulda chempionat bahslari yakuniga etgach, darhol Damashqda yig'in boshlandi. Ikki haftalik yig'indan so'ng kichik tanaffus e'lon qilinib, 15 avgustdan navbatdagi yig'in o'tkazilishi e'lon qilingandi.

Shu kunlarda boshlangan yig'indagi futbolchilar ro'yxati hozircha e'lon qilingani yo'q. Suriya OAV xabariga ko'ra, Ayman Hakim boshchiligidagi jamoa Rossiyadagi yig'in o'tkazadi va Armaniston bilan 22-24 avgust kunlaridan birida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Biroq Armaniston tomoni Suriya bilan o'yin o'tishi haqida biror izoh qoldirmagan. 27 avgust kuni Xo'jand shahrida Suriya Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. So'ng suriyaliklar yurtimizga kelib, 1 sentyabr kuni termamiz bilan o'ynaydi.

Milliy chempionat o'yinlari yo'qligi tufayli Suriya avgust oyida to'liq yig'in o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi. Suriya 2-turda Janubiy Koreya bilan o'yinini Livan poytaxti Bayrutda o'tkazishi OFK saytida belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia