

Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadigan o'yinni "O'zbekiston" radiokanali sharhlovchisi Abdulla No'rmonov jonli ravishda sharhlab boradi. Uchrashuvni ma'lum sabablarga ko'ra SPORT telekanali orqali tomosha qila olmaydiganlar FM 103,1 to'lqini orqali "O'zbekiston" radiosini tinglashlari mumkin.



