Suriya O'zbekiston bilan o'yinga Rossiyada tayyorgarlik ko'radi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2016, 20:59
Suriya terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarga Rossiyada tayyorgarlik ko'radi. Bu haqda Eronning ISNA axborot agentligi ma'lumot berdi.

Rossiyadagi yig'in 15 avgustda start oladi. Suriya 1 sentyabrgacha Tojikiston va Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazadi. Kuzning birinchi kunida bu jamoa Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi mehmoni bo'lishini barcha biladi.

JCH-2018 saralash o'yinlarini suriyaliklar Eronda o'tkazishlari mumkin. Dastlab o'yinlar Livanda o'tkazilishi kutilgandi, biroq livanliklar bilan kelishuv amalga oshmadi.

Qizig'i Eron va Suriya bir guruhdan o'rin olishgan. Ushbu guruhda O'zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Qatar terma jamoalari ham bor.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ИСНА