Superligadagi eng yosh futbolchi, yosh bo'lmasligi mumkin

Alisher
16 iyun 2020, 17:04
Bizga ma'lum bo'lishicha, O'FAning halol o'yin bo'yicha inspeksiyasi bugun PFLga bir futbolchi yuzasidan ma'lumot yuborgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Superligada debyut qilgan yosh futbolchilardan birining yoshiga o'zgartirish kiritilgan. Bu haqda klub ogohlantirilgan bo'lishiga qaramay, ular futbolchini "yangi" yoshi bo'yicha qayd etaverganlar. Aynan shu sabab, u 2019 yili terma jamoadan ham chetlatilgan. 

Hozirda bu qaysi futbolchi ekanligi ma'lum emas. Tez kunlarda, PFL va O'FAning bu boradagi rasmiy xabari chiqishi aytildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia