Superliga. VAR ushbu mavsumda eng ko'p qaysi jamoalarning o'yinida ishlatildi?

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2021, 01:25
E'tiboringizga O'zbekiston chempionati joriy mavsumida qaysi jamoaning o'yinida necha marta VAR (video assistant referee)dan foydalanilganini keltirib o'tamiz.

"Lokomotiv" – 6 marta VAR bor o'yinda qatnashgan; 

"Bunyodkor" – 5 marta;

"Nasaf" – 5 marta;

"So'g'diyona" – 4 marta;

"Navbahor" – 4 marta;

"Paxtakor" – 3 marta;

"Qo'qon-1912" – 3 marta;

"Andijon" – 2 marta;

AGMK – 2 marta;

"Qizilqum" – 2 marta;

"Metallurg" – 2 marta;

"Turon" – 1 marta;

"Mashal" – 1 marta.

E'tiborlisi shundaki, "Surxon" ishtirokidagi birorta o'yinda hali VAR qo'llanilmagan.

28 iyun kuni o'tadigan 11-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" – "Nasaf" uchrashuvida ushbu tizimdan foydalanilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia