Superliga. Tur goli - Shahzod Ubaydullaev

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2020
Uzoq tanaffusdan keyin qayta boshlangan Coca Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Video Tezkor studiya: Kun o'yinlari tahlili, tur sensaciyasi hamda o'zbek futbolidagi muammoli tendenciya haqida Beg'amov va Koshelev fikrlari


Ortda qolgan 4-turning eng chiroyli goli deb "Metallurg" a'zosi Shahzod Ubaydullaevning qaychi uslubidagi zarbasini topdik. Bekobodliklar Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lishdi va kutilmaganda safardan yirik g'alaba bilan qaytishdi. Ubaydullaev o'yinni zaxira o'rindig'ida boshladi va 57-daqiqada Zohid Abdullaevning o'rniga maydonga tushdi. Oradan 9 daqiqa o'tib shedevr muallifiga aylandi. Doniyor Narzullaevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Shahzod qaysi uslubida Ignatiy Nesterov darvozasiga joylab qo'ydi.

Shu tariqa, Shahzod Ubaydullaev 4-turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Eslatib o'tamiz, u ortda qolgan 4 turning barchasida maydonga tushgan va bitta gol urib, bitta golli pas bergan.




P.S. Ubaydullaev uchun qaychi uslubida gol urish begona emas. Yodingizda bo'lsa u o'tgan mavsum "Andijon" tarkibida "Dinamo"ga qarshi bahsda ham shunday uslubda gol urgandi.

Superliga. Tur darvozaboni - Aleksandr Lobanov


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia