Superliga. Tur futbolchisi - Dragan Cheran

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2020, 13:40
Coca Cola Superligada 5-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Foto Superliga. Beshinchi tur ramziy terma jamoasi


Ortda qolgan 5-turning eng yaxshi o'yinchisi deb "Paxtakor" yetakchilaridan biri Dragan Cheran topildi. Dragan "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda uchta samarali harakatni amalga oshirdi. Dastlab Sobirxo'jaevning hisob ochuvchi goliga assistentlik qilgan serb keyinroq o'zi ham ikkita to'p kiritdi.

Shu tariqa, Toshkent derbisida ikkita gol va bitta golli pas bergan Dragan Cheran 5-turning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Ma'lumot uchun, ayni paytga kelib Cheran 6ta gol bilan Superligada to'purarlik qilmoqda.


Ayni paytga kelib Superliga-2020 to'purarlari poygasi quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Dragan Cheran ("Paxtakor") - 6ta gol
2. Bobir Abdixoliqov ("Nasaf") - 4
3. Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912")
Stanislav Andreev ("Metallurg")
Igor Sergeev ("Paxtakor")
Jamshid Hasanov ("Andijon")
Kirill Pogrebnyak ("Lokomotiv") - hammasi 3tadan gol.


Coca Cola Superliga. 5-tur yakunlari (faqat raqamlar)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia