Superliga. Tur darvozaboni - Muzaffar Abdullaev

Tolibjon Qosimov
12 apr 2021
Coca Cola Superligada 5-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Biroz avval 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan beshinchi tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Coca Cola Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi

"Qo'qon-1912" jamoasi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda qo'qonliklar kiritgan (yoki kiritmagan) birinchi gol o'z yo'liga, lekin jamoa darvozaboni Muzaffar Abdullaev 3 marta chiroyli seyv ijro etdi va o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Abdullaev 63-daqiqada Humoyun Murtazoev, 73-daqiqada esa Samuel Ononivuning juda xavfli zarbalarini qaytardi va jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Bundan tashqari, 90+3-daqiqada ham Murtazoevning zarbasini bartaraf etdi.

Shu tariqa, bu turda qator chiroyli seyvlari bilan jamoasi g'alabasiga hissa qo'shgan Muzaffar Abdullaev 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia