Superliga. "Qizilqum" – "Buxoro". Prevyu

Оқил Абдубарноев
8 avg 2025
Bugun Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Qizilqum" avvalgi turdagi "Surxon"ga qarshi o'yinda na gol urish, na o'tkazishni istamadi. "Buxoro" esa OKMKni Olmaliqqa xursand kayfiyatda kuzatib yubordi.

Besh barmoq baravar emas, ammo "Qizilqum" va "Buxoro"ning Superligadagi o'zaro o'yinlar ko'rsatkichlari buning aksini ko'rsatgan – 18 tadan g'alaba, 7 durang. Faqatgina navoiyliklar qo'shnilaridan ko'proq gol urishgan – 55:49.

Birinchi davradagi o'zaro o'yinda "Buxoro" 2:0 hisobida zafar quchgan. 

Taxmin. Ikki jahongashta, ikkita qo'shni bo'lajak bellashuvda bir-birini xafa qilmasa kerak.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia