Superliga. “Paxtakor” – "Buxoro" 5:0

Narzulla Saydullayev
10 avg 2019
Superliganing 16-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – "Buxoro" uchrashuvi boshlandi.

O'yinning natijasini shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

 Uchrashuv boshlandi. 6-daqiqada Krimec-Cheran-Sergeev ijrosidagi hujumni Igor bo'sh darvozaga to'pni kiritish bilan yakunladi - 1:0. 

12-daqiqada Masharipovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasini Marat 22 metrlardan golga aylantirdi - 2:0.

23-daqiqada ajoyib hujumdan keyin Sayfiev uzatgan to'pni Dragan yaqin masofadan darvozaga yo'lladi - 3:0.

64-daqiqada Kozakning faolligi evaziga boshlangan hujumni Sergeev davom ettirdi. Igorning uzatmasidan so'ng Marat bo'sh darvozani boshi bilan ishg'ol qildi - 4:0.

67-daqiqada Dragan Cheran jarima maydoni tashqarisidan to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'yib super gol muallifiga aylandi - 5:0.



“Paxtakor” – “Buxoro” 5:0 LIVE
10 avgust 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00
Hakamlar: Jasur Muhtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Ramil Ilyasov 

Gollar: Igor Sergeev 6, - 1:0 (Dragan Cheran). Marat Bikmaev 12, - 2:0. Dragan Cheran 23, - 3:0 (Farrux Sayfiev). Marat Bikmaev 64, - 4:0 (Igor Sergeev). Dragan Cheran 67, - 5:0.


"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Husniddin G'ofurov, 75), Igor Sergeev, Egor Krimec, Marat Bikmaev (Dostonbek Hamdamov, 68), Sherzod A'zamov, Sardor Sobirxo'jaev, Vladimir Kozak (Bobur Asqarov, 81), Farruh Sayfiev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Ruslan Roziev, Humoyunmirzo Iminov, Shohruh Mahmudhojiev, Marko Simich.

"Buxoro": Rahimjon Davronov, Boburjon Amonov, Sardor Sulaymonov (Vili Isiani, 71), Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartia, Tohir Shamsiddinov (Behruz Sadulloev, 71), Davron Umirov (Salamat Qutiboev, 23), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloev, Artyom Kulesha.
Zaxira: Shohjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Asil Begimqulov, Murodbek Bobojonov, Anvarjon Jo'raev





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia