Superliga. Oy goli - Sanjar Tursunov

Narzulla Saydullayev
6 avg 2020
"Championat.asia" ijodiy guruhi yakunlangan iyul oyida ichki chempionatimizning eng yaxshilarini aniqladi.

Coca Cola Superliganing 8-turida AGMK o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahsning 56-daqiqasida Sanjar maydonning narigi tomonidan turib darvozaga zarba yo'lladi, Botirali Ergashev oldinga chiqib ketgani bois to'p to'rdan joy oldi. 62.5 metrdan urilgan bu gol hali yil goli bo'lish uchun ham asosiy davogar bo'lishi mumkin.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia